O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Anesteziya – og‘riqni qoldirishmi? Balki qizaloqning ismidir?

Og‘riqsizlantirish azaldan tibbiyotning muhim vazifalaridan biri bo‘lib kelgan. Ammo bu vazifani uddalagunigacha oradan asrlar o‘tgan.

Ilk og‘riqsizlantiruvi vositalar o‘simliklar: nasha, ko‘knor, mandragora, mingdevonalardan tayyorlangan. Va maʼlum sharoitlarda bemorni bo‘shashtirib, og‘riqni ham qoldirgan. Ammo jiddiy xirurgik amaliyotlarda yordam bermagan. Ustiga-ustak bunday og‘riq qoldiruvchi vositalarni uzoq vaqt mobaynida qo‘llash ularga qaram bo‘lib qolishga olib kelardi. Qadimgi yunon shifokori, ilmiy tibbiyot asoschilaridan biri – Buqrot yoki Gippokrat sezuvchanlikni vaqtincha yo‘qotuvchi moddalarga taʼrif berar ekan, bejiz ularni “narkotik” (yun. narkotikos – “dong qotiruvchi”) deb atamagan.

Eramizning I asrida qadimgi rim shifokr va famakologi Dioskorid og‘riqsizlantiruvchi vositalar haqida gap ketganda ilk bor “anesteziya” (yun. anaesthesia – “sezgisiz”) so‘zini ishlatadi.

Og‘riqsizlantiruvchi vositalar xloroformning anestetik effektini sezib qolgan tibbiyot fanlari doktori Djeyms Yang Simpson tomonidan tug‘ruq chog‘i qo‘llanila boshlangan. Bu voqea ilk bor 1847 yilda Shotlandiyada sodir bo‘lgan. Ilgari bolalarini og‘riq bilan dunyoga keltirgan ayol tug‘ruq jarayoninning og‘riqsiz o‘tganidan shunchalik taʼsirlanganki, hatto shu kuni dunyoga keltiirgan qizalog‘iga Anesteziya deya ism qo‘ygan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech