O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Antitana nima va u qanday ishlaydi?

Olimlar Covid-19 bilan kasallangan bemorlar qonida organizm tomonidan infeksiyani to‘xtatish ilinjida ishlab chiqarilgan umumiy hisobda 250 xildan ortiq antitanalarni aniqlashdi. Ulardan 28tasi kasallik bilan nisbatan samarali kurashgan (yaʼni virusni yenggan). Xo‘sh antitana o‘zi nima va u qanday ishlaydi?

Organizm har qanday infeksiyaga kalitni namuna va xato usuli orqali yig‘adi. Tasavvur qiling, har bir virus parchasi - jimjimador tig‘li xanjar, sizning tanangiz esa qin ishlab chiqaruvchi zavod. Ushbu zavoddagi har bir konveyer aynan bir xil shakldagi g‘ilof ishlab chiqaradi, ammo birgalikda ular o‘lcham va konfiguratsiya turfa xilligi cheksizligini taʼminlaydi.

Qinlardan birortasi xanjar shakliga mos kelishi va tig‘ yopilishi bilan zavodning barcha bo‘sh konveyerlari birdaniga katta ko‘lamda aynan shu shakldagi qinlar ishlab chiqara boshlaydi va ertami kechmi barcha xanjarlar xavfsizlantiriladi.

Bu holatdagi har bir konveyer qonning maxsus hujayrasidir (ular B-limfotsitlari deb ataladi), qinlar esa ushbu hujayra ishlab chiqaradigan oqsil molekulalari (antitana) hisoblanadi. Molekulalardan biri “tig‘” - koronavirus yuzasida ko‘rinuvchi tikan shakliga mos kelishi bilan uning shaklini o‘zgartirib, ustiga “o‘tirib” oladi va virusning hujayraga singib ketishiga shu tarzda to‘sqinlik qiladi.

Virus hujayra tashqarisida ko‘paya olmaydi: o‘zining nusxasini shtamplash uchun unga hujayraning tarkibiy qismlari kerak. Shuning uchun virusli zarrachalar ortishi sekinlashadi.

Aynan shu vaqtda organizm qaysidir antitana hujumni bartaraf etgani haqida belgi oladi va muqobil shakldagi molekulalarning «katta hajmli» ishlab chiqarilishini boshlab yuboradi. Barcha virusli zarrachalardagi tig‘lar yopilishi bilan inson sog‘ayadi.

Barcha bemorlarda antitanalar bir xil bo‘ladimi?

Bu muhim emas, axir aynan bitta xanjarni turli qinlarga solish mumkin. Masalan, g‘ilof tig‘dan juda kalta yoki uning kengligidan ingichkaroq sig‘imda bo‘lishi mumkin emas. Lekin, unga nisbatan uzunroq, tirqishi kengroq bo‘lishi mutlaqo mumkin.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech