O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

AOKA o‘quv-seminarida tajriba oshirgan matbuot kotiblariga sertifikatlar topshirildi

Joriy yilning 20 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida vazirlik va idoralar axborot xizmatlari rahbarlari uchun o‘tkazilgan navbatdagi o‘quv-seminari tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi.

Tadbirda Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Saidjanov, media imij bo‘yicha mutaxassis Beruniy Alimov, trening-murabbiylar, AOKA masʼul xodimlari hamda matbuot kotiblari ishtirok etdi.

«O‘zbekistonda axborot sohasi so‘nggi yillarda yangicha mazmun kasb etdi, — dedi D.Saidjanov. — Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan muhim tashabbuslar, xususan, xalq bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish, so‘z va axborot erkinligini taʼminlash g‘oyasi natijasida davlat organlari ochiqlik va shaffoflik tamoyili asosida ishlay boshladi.

Bu jarayonda axborot xizmatlari faoliyati dolzarb o‘rin egallamoqda. Ayniqsa, pandemiya davrida OAV bilan o‘zaro hamkorlik qilish, ijtimoiy tarmoqlar bilan tizimli ishlash, axborot xurujlariga o‘z vaqtida javob qaytarish, inqirozli holatlarni tezkorlik bilan boshqarish borasida matbuot kotiblaridan katta bilim-ko‘nikma talab etilmoqda.

Shu maʼnoda Agentlik tashkil etgan o‘quv-seminarlari soha vakillarining salohiyati va tajribasini oshirishga, ko‘zlangan natijani berishiga umid qilamiz». 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech