O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“AstraZeneka” kompaniyasi va "Meros Pharm" kompaniyasi hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnoma imzoladi

“AstraZeneka” xalqaro biofarmatsevtika kompaniyasi va Meros Pharm distribyutorlik kompaniyasi O‘zbekiston hududida hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnoma imzoladi.

Mazkur hamkorlik bois pulmonologiya, kardiologiya, onkologiya kabi sohalarda hayotga xavf soluvchi va ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarni davolash, bemorlarning innovatsion va samarali terapiyadan foydalanish imkoniyatlari kengayishi kutilmoqda. Shuningdek, mazkur ikki kompaniya yurtimizda aholi hayotining sifati va davomiyligini oshirish maqsadida bemorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qator tashabbuslarni, sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari malakasini oshirish dasturlarini, tashxis loyihalarini birgalikda ishlab chiqishi ham maqsad qilingan.

Maʼlumot o‘rnida:

Buyuk Briatniyadan joylashgan “AstraZeneka” kompaniyasi - onkologiya, kardiologiya, nefrologiya va metabolizm, respirator va autoimmun kasalliklar kabi terapevtik sohalarda tadqiqotlar o‘tkazish, retseptli dori vositalarini ishlab chiqish va bozorga chiqarishga ixtisoslashgan xalqaro biofarmatsevtika kompaniyasi hisoblanadi.

O‘zbekiston bo‘ylab filiallarga va 100 dan ziyod xodimga ega bo‘lgan Meros Pharm bir necha yildan buyon aholini zarur dori vositalari bilan taʼminlash yo‘lida mehnat qilib kelayotgan distribyutorlik kompaniyasi sanaladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech