O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

BAAning Dubay shahridagi Expo-2020 xalqaro ko‘rgazmasi maydonida “Made in Uzbekistan” biznes-missiyasi doirasidagi uchrashuvlar davom etmoqda

17 fevral kuni BAA va O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatida faoliyat yurituvchi kompaniyalar o‘rtasida B2B formatidagi uchrashuvlar o‘tkazilgan. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Alisher Temirov BAA Iqtisodiyot vazirligi Savdoni rag‘batlantirish departamenti direktori bilan uchrashdi.

O‘zbekiston farmatsevtika sanoati vakillari ishtirokida o‘tgan mazkur uchrashuvda mahalliy farmatsevtika mahsulotlarining Amirliklar bozoriga eksport qilish imkoniyatlari muhokama qilindi. Muzokaralar yakuniga ko‘ra kelajakda mazkur masala chuqur o‘rganilib, BAA Iqtisodiyot vazirligi ko‘magi bilan amalga oshirilishiga kelishib olindi.

Eslatib o‘tamiz, yurtimiz eksportyor-korxonalarining tovarlari “Made in Uzbekistan” yagona milliy brendi ostida namoyish etiluvchi ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech