O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

BAAning Dubay shahridagi Expo-2020 xalqaro ko‘rgazmasi maydonida “Made in Uzbekistan” biznes-missiyasiga start berildi

Mazkur biznes-missiyada farmatsevtika, tekstil, charm-poyabzal va oziq-ovqat sanoatlariga taalluqli bo‘lgan 50 ta ilg‘or kompaniya ishtirok etmoqda.

17 fevral kuni BAA va O‘zbekiston oziq-ovqat sanoatida faoliyat yurituvchi kompaniyalar o‘rtasida B2B formatidagi uchrashuvlar o‘tkazilgan bo‘lsa, bugungi biznes-forum doirasida boshqa sohalar yetakchilari bilan bir qatorda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Alisher Temirov ham so‘zga chiqdi. Temirov o‘z nutqida yurtimiz farmatsevtika tarmog‘ining investitsion jozibadorligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, yurtimiz eksportyor-korxonalarining tovarlari “Made in Uzbekistan” yagona milliy brendi ostida namoyish etiluvchi ko‘rgazma Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech