O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Bahorgi tijoratlashtirish forumida tarmoq korxonalariga tatbiq etiladigan ilmiy ishlanmalar moliyalashtirildi

Joriy yilning 11-12 mart kunlari Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkazilgan Bahorgi tijoratlashtirish Forumida, 2022 yilda Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladigan tijoratlashtirishga tayyorlash loyihalar rahbarlariga sertifikatlar topshirildi. Olimlarga sertifikatlarni Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova taqdim etdi.

Tadbirda jami qariyb 22 mlrd. so‘m qiymatidagi 25 ta loyiha moliyalashtirildi. Ushbu loyihalar orasida O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika instituti vakillari institut direktori, professor Abduqodir To‘laganovning “D-mannozani olish texnologiyasini ishlab chiqish” loyihasi, shuningdek ilmiy xodim Tursunova Lazizaning “Fitopassit” tinchlantiruvchi dori vositasini ishlab chiqarishni tashkil etish va loyihalari ham o‘rin egallagan.

Taʼkidlash joiz, mazkur loyihalar bahorgi tijoratlashtirish forumi doirasida olimlarning ko‘plab ishlanmalari orasidan saralab olingan bo‘lib, yaqin kelajakda tegishli tarmoqlarga tatbiq etilishi bilan ahamiyatlidir.

Maʼlumot uchun, D-mannozani olish texnologiyasini ishlab chiqish loyihasi: Gledichiya oddiy tikandaraxt urug‘i va yantoq o‘tidan D-mannozani ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish, Mahalliy xom ashyolar asosida olingan D-mannoza quruq ekstraktidan chetdan keltirilayotgan preparatlarni (D-Mannoza, Onkoxelp-D va Sistitxelp va b.lar) o‘rnini bosuvchi dori vositalari olinadi. D-mannoza quruq ekstrakti hamda D-Mannoza, Onkoxelp-D va Sistitxelp kapsula va tabletka shaklidagi preparatlarni sanoat miqyosida olish OOO “Marjon Global“ korxonasida amalga oshiriladi. D-mannoza asosida olingan preparatlar (D-Mannoza, Onkoxelp-D va Sistitxelp) xozirda chetdan keltirilayotgan preparatlar o‘rnini bosadi. va tannarxining arzonligi tufayli iqtisodiy samara keltiradi.

“Fitopassit” tinchlantiruvchi dori vositasini ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi: “Fitopassit” preparati nerv tizimining funksional faolligiga sedativ taʼsir ko‘rsatib, turli etiologiyali nevrozlar, taʼsirchanlik, xavotirlanish, qo‘rquv, toliqish, parishonxotirlik bilan kechuvchi nevrasteniyaning yengil shakllari; nerv qo‘zg‘alishi; uyqusizlikda qo‘llaniladi. “Fitopassit” preparatini kapsula dori shaklini ishlab chiqarishni amalga oshirilishi, xozirda chet ellardan keltirilayotgan sedativ dori vositalarni o‘rnini bosadi va tannarxining 3-4 barobar arzonligi tufayli iqtisodiy samara keltiradi va kelajakda eksport imkoniyatini yaratadi. Ishlanma bo‘yicha № IAP 04508 sonli O‘zR patenti olingan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech