O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Belarus va O‘zbekiston: Farmasevtika sohasida yangi hamkorlik

Belarus Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ushbu mamlakat “Sog‘liqni saqlash tizimidagi ekspertizalar va tadqiqotlar markazi” respublika unitar korxonasi direkori o‘rinbosari Marina Zlotnikova, umumiy bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Olga Grinko, tibbiy mahsulotlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Marina Safonova hamda Respublika klinikoanalitik laboratoriyasi rahbari Dmitriy Moiseyevlardan iborat delegatsiyasi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘i agentlik direktori Sardor Kariyev xorijlik hamkasblari bilan muzokaralar olib bordi. Agentlikning Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi nomidan Ulug‘bek Yahyoyev ham ishtirok etgan tadbir doirasida ikki tomonlama memorandum imzolandi.

Memorandumdan, xususan xalqaro miqyosda, uzoq muddatli, samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatib, O‘zbekiston va Belarus Respublikalari sog‘liqni saqlash vazirliklarining dori vositalari, farmatsevtik substansiyalar, tibbiy mahsulotlar xavfsizligi, samaradorligi va sifatini taʼminlash borasidagi siyosatini amalga oshirish kabi soha rivojiga xizmat qiluvchi qator maqsadlar ko‘zlangan.

Belarus Respublikasi Sog‘liqni saqlash tizimi vakillaridan iborat delegatsiya, shuningdek yangi qurilayotgan “Tashkent Pharma Park”da ham bo‘lib, mazkur keng masshtabli loyihaga yuqori baho berib qaytdilar.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech