O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Beshinchi Xitoy xalqaro import ko‘rgazmasi doirasida Xitoy—Markaziy Osiyo sog‘liqni saqlash sanoati alyansining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Maʼlumotlarga ko‘ra, ushbu tashabbus 2022-yil 25-yanvar kuni o‘tkazilgan Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari davlat rahbarlarining diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 30 yilligiga bag‘ishlangan videosammitida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin tomonidan ilgari surilgan.

Forumda Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi davlat qo‘mitasining Iqtisodiyot qo‘mitasi direktori o‘rinbosari Bi Szinsyuan, 2004 yil kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori, Isroil Fanlar akademiyasi akademigi, Xitoy Fanlar akademiyasining xorijiy akademigi Avram Gershko, Xitoy muhandislik akademiyasi akademigi, “Xalq qahramoni” milliy faxriy unvoni sohibi Chjan Boli va Xitoy savdo palatasi raisining Dori vositalari va tibbiy mahsulotlar importi va eksporti bo‘yicha o‘rinbosari Van Maochun onlayn va oflayn tarzda ishtirok etishdi.

Tadbirda Markaziy Osiyo davlatlaridan diplomatik vakillar ham ishtirok etishdi. O‘zbekiston tomonidan koordinator sifatida qatnashgan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Egamov barchani ushbu Alyansning tashkil etilgani bilan tabrikladi.

Alyans farmatsevtika savdosini takomillashtirish va arzon mahsulotlarni tarqatish, loyihalar va sarmoyalar, axborot va siyosat almashish, epidemiyalarning oldini olish va ular bilan kurashish sohalarida hamkorlikni rivojlantirish bilan mashg‘ul bo‘ladi.

Alyans, "birgalikda qatnashish, birgalikda yaratish va birgalikda rivojlanish" tamoyiliga sodiq qolgan holda, Xitoy va Markaziy Osiyoning besh mamlakati o‘rtasida tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohasida faol hamkorlikka xizmat qilishni maqsad qilgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech