O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Bir ko‘chada yonma-yon dorixonalar ishlayotganiga ko‘zim tushadi. Hammasida har xil narx-navo. Dorixonalarning yonma-yon joylashuvi qanchalik to‘g‘ri?

Savol: Bir ko‘chada yonma-yon dorixonalar ishlayotganiga ko‘zim tushadi. Hammasida har xil narx-navo. Dorixonalarning yonma-yon joylashuvi qanchalik to‘g‘ri?

Javob: Dorixonalarning (ijtimoiy dorixonalar bundan mustasno) maʼlum oraliq masofada joylashuvi bo‘yicha amaldagi qonunchilikda biror norma belgilanmagan.

Misol uchun, xususiy dorixonalar yonma yon joylashishi va faoliyat yuritishi mumkin. Bunda dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana sotish uchun mo‘ljallangan, o‘ziga mulk huquqi bilan yoki boshqa qonuniy asosda tegishli bo‘lgan, dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun binoga (xonaga) qo‘yilgan talablarga muvofiq hamda qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishi, shu jumladan dori vositalari va tibbiyot buyumlarining narxini belgilash tartibi qo‘pol buzilganligi oqibatida litsenziyasining amal qilishi to‘xtatilgan dorixona, dorixona filialining manzillari reyestriga kiritilmagan bino (xonalar)ning mavjud bo‘lishi talab etiladi.

"Ijtimoiy dorixona faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida"gi nizomga (ro‘yxat raqami 334-son 03.05.2018) asosan, ijtimoiy dorixonalar viloyat, tuman markazlarida, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarida joylashtirilishi lozimligi belgilab qo‘yilgan.

☑️ Ijtimoiy dorixonalarning xizmat ko‘rsatish radiusi ijtimoiy dorixonalar joylashishining asosiy omillaridan biri hisoblanadi.

Bunda ijtimoiy dorixonalarni tavsiya etilgan xizmat ko‘rsatish radiusi aholi sonidan kelib chiqqan holda hisoblanib shaharlarda 2-3 km, qishloq hududida 5 - 10 kmdan ko‘p bo‘lmagan masofada bo‘lishi belgilangan.

Manba

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech