O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasini fosh etildi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi hodimlari tomonidan Milliy gvardiya va ichki ishlar idoralari xodimlari bilan hamkorlikda Oltinko‘l tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirliganida, uning saloni yukxonasida 19 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Bojxonachilar salkam 56 mln. so‘mlik dorilarning yashirin savdosiga chek qo‘yishdi

Toshkent viloyatining bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan poytaxtimizning Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan fuqarolardan biri xorijda ishlab chiqarilgan, ammo sifatini va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 1304 dona “Akvavit-D3” dori vositasini 3200 AQSH dollariga sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Dorixonadan tashqari hududda noqonuniy realizatsiyadan to‘xtatib qolingan mazkur dori vositalarining umumiy qiymati salkam 56 mln. so‘mni tashkil qilmoqda.

“Neksiya”dagi tramadol manzilga yetib bormadi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Farg‘ona” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni davlatdan kirib kelgan fuqaro J.A. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli yengil avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada mazkur avtotransport vositasining salon qismida jami 8 dona umumiy hajmi 16 ml. bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasida noqonuniy muomalasi cheklangan kuchli taʼsir qiluvchi “Tramadol” dori vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech