O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Bolalarda emlash (vaksinatsiya) qanday olib boriladi?

Bolalarda emlash o‘tkazish bir necha usullar bilan olib boriladi:

Mushak orasiga – eng ko‘p tarqalgan, samarali emlash yo‘li. Bunda yuborilgan vaksina tez so‘rilib, immunitet hosil bo‘lishi va preparatga qarshi reaksiyalar bermaydi. Chunki mushaklar teridan ancha ichkarida bo‘lib, qon tomirlar bilan boy bo‘lgani sababli, immun tizimi vaksina haqida qisqa muddatda xabar topadi.

Vaksina yuborish texnikasi va joyi: 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda son mushagining uchdan bir qismi o‘rtasiga, ichki old sohasiga perpendikulyar (90 S) holatda ineksiya qilinadi. 2 yoshdan katta bolalarda yelka mushagining o‘rta qismiga, yon tomondan ineksiya qilinadi. Shpris ignalari 1,5 sm dan uzun bo‘lmagani sababli dumba mushagi orqali emlagan maʼqul, bunda ineksiya mushak orasiga emas, balki teri ostiga yuborilib qoladi.

Peroral (og‘iz orqali) yutish yo‘li bilan enteroviruslarga qarshi vaksinalar yuboriladi, masalan tirik poliomiyelit (OPV) virusiga qarshi vaksina.

Vaksina yuborish texnikasi va joyi: kerakli bo‘lgan vaksina tomchilari og‘izga tomiziladi, yoki kichik bo‘lak qandga tomizilib, bolaga yedirish kerak bo‘ladi. Bunda vaksinaning yoqimsiz taʼmini bola sezmaydi. Bunday emlash usuli qiyinchilik tug‘dirmaydi, lekin ayrim kamchiliklarga ega, dozalarni aniq berishda xotolikarga yo‘l qo‘yilishi mumkin yoki ichaklar tizimidan so‘rilishi qiyin bo‘lishi mumkin.

Teriga va teri ostiga ineksiya qilish – silga qarshi BSJ (Басиллус Салметте-Гуэрин), tirik qurutilgan tulyaremiya va suvchechakka qarshi vaksina kabilar. Boshqa turdagi vaksina preparatlari bu usul bilan o‘tkazilmaydi.

Vaksina yuborish texnikasi va joyi: odatda teri ostiga vaksina yelka sohasi uchdan bir qismi terisiga yoki bilak sohasi terisiga qilinadi. Ineksiya o‘tkazish uchun maxsus ingichka ignali shpris yordamida qo‘llarga parallel ravishda yuboriladi. Muolajaning to‘g‘ri bajarilaganini terida oqish rang paydo bo‘lganidan bilib olish mumkin, ineksiya davomidayoq hosil bo‘la boshlaydi.

Teri osti ineksiyasi tirik va noaktiv vaksinalarni parotit (tepki), qizilcha, sariq isitma kabilarda qilinadi. Teri ostiga vaksinani yuborishning kamchiligi shundaki, organizmda shu kasallikka qarshi immunitet sekin hosil bo‘ladi, ayniqsa noaktiv vaksinalar yuborilgan bo‘lsa. Bundan tashqari teri ostiga gepatit B va quturishga qarshi vaksinani yuborib bo‘lmaydi.

Vaksina yuborish texnikasi va joyi: ineksiya qilish joyi kurak osti, yelkaning uchdan bir qismi yoki sonning oldingi qismi teri osti qavati. Teri barmoqlar yordamida urma hosil qilib ushlanadi va shu joyga shpris iganasi kirgiziladi. Bu usul bilan yuborilayotgan vaksina preparatining aniq dozalarini yuborish samarali jihatlaridan hisoblanadi.

Intranazal (burun orqali) – asosan aerozol ko‘rinishida burun orqali yuboriladi, kam hollarda maz, gel va krem ko‘rinishlarida ham qo‘llaniladi. Bu yo‘l bilan o‘tkazilgan vaksinatsiya sistemali bo‘lmay, mahalliy shilliq qavatlarni mikroorganizmlardan himoya qiladi va vaqtinchalik taʼsir qiladi. Intranazal vaksinatsiya havo-tomchi yo‘li bilan yuqadigan kasalliklarda, masalan gripp, qizamiq, qizilcha kabi kasalliklarda.

Vaksina yuborish texnikasi va joyi: ko‘rsatilgan dozada vaksinani aerozol yoki pipetka yordamida burunga tomiziladi. Maz va gel ko‘rinishdagi vaksina prepratlari tampon (paxta) yordamida burun shilliq qavatga surtiladi. Bu usulning kamchiligi yuborilgan vaksina oshqozonga tushishi mumkin. O‘tkazish texnikasi ona o‘tirgan holatda bolaning yuzini o‘ziga qaratib, oyoqlarini o‘zining oyoqlari orasiga oladi, bolaning bir qo‘li oldinda bir qo‘li onaning orqasida bo‘ladi va burun shilliq qavatiga manupulyatsiya o‘tkaziladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech