O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Bosh prokuratura koronavirusni davolovchi dori sotayotgan “BEVERLee Businees” faoliyatini o‘rganmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi “BEVERLee Businees” faoliyatini o‘rganmoqda. Bu haqida Bosh prokuratura matbuot xizmati O‘zAga xabar berdi.

Bir necha kun oldin O‘zbekiston Milliy axborot agentligida “BEVERLee Businees” – yolg‘onlar piramidasimi?” nomli maqola eʼlon qilingan edi. Maqolada koronavirusning oldini oluvchi vosita sifatida taklif etilayotgan biologik faol qo‘shimchalar va moliyaviy piramida bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar haqida mulohaza yuritilgan. ““BEVERLee Businees” kompaniyasining shubhali faoliyati haqida ommaviy axborot vositalarida bir necha bora tanqidiy maqolalar eʼlon qilinsa-da, tegishli organlar bu vaziyatga ko‘z yumib kelayotgani tanqid ostiga olingan edi.

Berilgan xabarga ko‘ra, ushbu maqola ortidan prokuratura organlari tomonidan tegishli surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech