O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari Jamshid Eshmuradov boshchiligidagi ekspertlar Pokistonda tashrif bilan bo‘ldi

2022 yilning 27-28 dekabr dekabr kunlari amalga oshirilgan tashrif davomida delegatsiya aʼzolari Islomobod shahrida Pokistonning qator farmkompaniyalari vakillari bilan uchrashdilar.

Xususan, tabiiy dorilarning peroral dori shakllarini, standartlashtirilgan ekstraktlar va djeneriklarni ishlab chiqaruvchi, o‘z ilmiy-tadqiqot markazi va laboratoriyalariga ega bo‘lgan “Herbion” kompaniyasining ishlab chiqarish maydonlari borib ko‘rildi.

Zavodlari GMP sertifikatiga ega bo‘lgan, ko‘plab mahsulotlari US FDA tomonidan ro‘yxatga olingan mazkur kompaniya vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda yurtimizda farmatsevtik mahsulotlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan investitsion loyihani amalga oshirish masalalari muhokama qilindi hamda dorivor o‘simliklarni qayta ishlash sohasida hamkorlik borasida memorandum imzolashga kelishib olindi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech