O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Buxorodagi “Tib-Texnika” MCHJ korxonasi va “Komed” xorijiy kompaniyasi o‘rtasida savdo shartnomasi imzolandi

Joriy yilning 24 sentyabr kuni Karachayevo Cherkesiya Respublikasi rahbari o‘rinbosari Irina Gerbekova boshchiligidagi delegatsiya hamda Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosari—investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Rizo Asadov ishtirokida muzokara o‘tkazildi.

Muzokara davomida tomonlararo savdo-iqtisodiy, ijtimoiy hamkorlikda manfaatli sherikchilikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Xususan, Buxoro shahridagi “Tib-Texnika” MCHJ negizida barpo etilgan koronar stendlar, koronar ballonlar va diagnostik kateter va introdyuserlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona bilan Karachayevo Cherkesiya Respublikasining “Komed” kompaniyasi o‘rtasida yurak – qon tomir kasalliklarini davolashda stendlash amaliyotini bajarishda qo‘llaniladigan koronar stendlarni yetkazib berish bo‘yicha savdo shartnomasi imzolandi.

Shu bilan birga viloyat hokimi o‘rinbosari tomonidan Karachayev Cherkesiya Respublikasi rahbariyati hamda ishbilarmon doira vakillarini Buxoro viloyatiga rasmiy tashrifini tashkillashtirish taklifi ilgari surildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech