O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida mutuxassislar va soha vakillari uchun o‘quv semenarlar tashkil qilindi

Mamlakatda iqtisodiyot tarmoqlariga intellektual faoliyat natijalari va innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish, mintaqaviy brendlarni yaratish, kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olish, intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini taʼminlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Intellektual mulkni ishonchli himoya qilish, intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini yana-da takomillashtirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish hamda kontrafakt mahsulotlarga samarali qarshi kurashish maqsadida, 2022 yil 26 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Intellektual mulk sohasini yana-da rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-221-son qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorning 4-ilovasi bilan intellektual mulkni huquqiy himoya qilish bo‘yicha joriy etilayotgan yangi mexanizmlarni maʼsul davlat organlari va tashkilotlari xodimlariga o‘rgatish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlar grafigi tasdiqdangan bo‘lib, unga muvofiq, joriy yilning 12 may sanasida Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida Adliya vazirligi hamda viloyat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi tashabbusi bilan, hududda farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar, mutaxassislar va soha vakillari uchun yuqoridagi qarorning mazmun mohiyatini tushuntirish maqsadida maxsus o‘quv semenarlar tashkil qilindi.

Semenarda masʼullar tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 may sanasida Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining anjumanlar zalida Kontrafakt dori vositalari ishlab chiqarilishining oldini olish yuzasidan mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan davra suhbati tashkil qilingan edi. Unda Intellektual mulk agentligi direktori To‘lqin Abdusattorov hamda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Egamov kontrafakt dori vositalari ishlab chiqarilishining oldini olish va bunday holatlarga qarshi kurashish maqsadida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida kelishib olishgandi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech