O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Buxoro viloyatida “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” o‘tkazilmoqda

Bugun Buxoro viloyatida “Qurilish materiallari, to‘qimachilik, neft va gaz sanoati, qishloq va suv xo‘jaligi, turizm sanoati uchun mahsulotlarini ishlab chiqarish, qorako‘lchilik sohasi hamda farmatsevtika” ixtisoslashgan hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi o‘z ishini boshladi.

Ikki kun davom etuvchi mazkur yarmarkada Buxoro viloyatidagi farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi 14 ta korxona o‘zining 320 turdagi mahsuloti bilan ishtirok etmoqda.

Shu bilan birga 2022 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan “THE DESERT TREASURE” MCHJ korxonasi xam o‘zining tibbiy bog‘lov bintlari bilan sanoat yarmarkasida ilk bora qatnashmoqda.

Yarmarka yakuniga ko‘ra farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda davolash- profilaktika muassasalari o‘rtasida cooperation.uz elektron savdo portali orqali bir qator shartnomalar tuzilishi ko‘zda tutilgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech