O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Chaqaloqlarga niqob taqish imkoniyati yo‘q, ularni kasallikdan qanday himoyalash mumkin?

Ha, bu to‘g‘ri, ilk yoshdagi bolalar va go‘daklarga niqoblarni taqib bo‘lmaydi. Agarda oilada kimdir koronovirus bilan kasallanganlar bilan muloqotda bo‘lgan bo‘lsa, shu bilan birga unda PZR testi musbat ko‘rsatkichga ega bo‘lsa, albatta, kattalar niqoblarni taqib yurishlari zarur hamda maksimal ravishda onani ham, bolani ham bu bemordan ajratish, alohidalash kerak, yaʼni boshqa xonaga yoki boshqa uyga o‘tkazish kerak.

Agar ona bolani ko‘krak suti bilan boqayotgan bo‘lsa, qo‘llarni 20 soniyadan ko‘p sovun bilan ishqalab yuvish, niqob taqish kabi shaxsiy gigiyena va karantin qoidalariga rioya qilgan tarzda davom ettirishi mumkin.

Imkoniyati cheklanganlarga alohida tavsiyalar mavjudmi?

Kasallangan davrda umumiy amaliyot shifokori nazorati ostida uyda davolanishi maqsadga muvofiq. Agarda kasallik zo‘raysa va bemor ahvoli og‘irlashsa, belgilangan tartibda maxsus brigada chaqirtirilib — statsionar davolanishga yuboriladi.

Tuzalib chiqqanidan so‘ng, o‘z oilaviy shifokori/umumiy amaliyot shifokori ularda “D” nazoratini davom ettiraveradi.

Bolalarga niqob taqish kerakmi? Necha yoshli bolalarga taqish zarur?

7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun asosiy tavsiya — bu ijtimoiy masofa saqlash. Katta yoshdagi bolalar va o‘smirlar niqob taqishlari majburiy. Faol harakat va sport bilan shug‘ullanishda (ayniqsa issiq havoda) niqob tez namlanadi va infeksiyadan himoya qilmaydi. Shuning uchun bolalar — yoshidan qatʼiy nazar infeksiya tashuvchisidan uzoqroq bo‘lgani, masofa saqlashi va biror yuzaga qo‘l tekkizgan bo‘lsalar, dezinfeksiya vositasidan foydalanishi zarur.

Bolalar ham koronavirusga chalinishadimi?

Ha, bolalar ham koronavirus infeksiyasi bilan og‘rishadi, lekin statistikaga ko‘ra bolalar orasida kasallangan soni kamroq. Bolalar koronavirus infeksiyasini ancha yengil o‘tkazishadi, ular orasida simptomsiz kasallikni tashuvchilar, shuningdek, kasallikning yengil shakli ko‘p bo‘ladi. Bolalar kattalarga nisbatan ko‘proq infeksiya manbasi hisoblanishadi.

Ushbu savollarga Toshkent pediatriya tibbiyot instituti taʼlim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, tibbiyot fanlari nomzodi, pediatr Sevara Ubaydullayeva javob qaytardi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech