O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Cifati kafolatlanmagan 1 mlrd. so‘mdan ortiq tibbiy buyumlarning noqonuniy kirib kelishi oldi olindi

Cifati kafolatlanmagan tibbiy buyumlarni yurtimizga noqonuniy tarzda olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.

Davlat Bojxona qo‘mitasining xabar berishicha, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan “Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l chegara bojxona posti hamda “Chuqursoy” TIF bojxona posti xodimlari bilan hamkorlikda yurtimiz hududiga temir yo‘l transportida olib kelingan, hujjatlarga binoan “xo‘jalik mollari” ortilgan konteyner bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, ushbu konteynerda yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan 22 turdagi 1 mlrd 84 mln so‘mlik “tibbiy asbob uskuna” tovarlari borligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech