O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Cifati kafolatlanmagan dori vositalarining navbatdagi noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Pandemiya davrida aholining dori-darmonlarga bo‘lgan ehtiyoji ortishidan foydalanib, noqonuniy daromad orttirishga urinayotgan shaxslarning qing‘ir rejalariga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda Bektemir tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazishdi. Tadbir davomida, fuqarolar X.N., G‘.X.lar 9 dona karton qutilarda umumiy qiymati 60 million so‘mlik 2000 dona “STOPER 2GM” nomli dori vositalarini shartli xaridorga sotayotgan vaqtida xodimlar tomonidan to‘xtatib qolindi.

Yana bir holatda fuqaro F.Q. umumiy qiymati 76 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan 2000 dona “Flenoks 0.4 ml” nomli dori vositalarini shartli xaridorga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Navbatdagi tezkor tadbir Chilonzor tumani hududida o‘tkazildi. Tadbir davomida, fuqarolar I.M. va S.I. xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 105 million so‘mlik 6000 dona “Gracide-S 1,5g” nomli dori vositalarini shartli xaridorga 10 100 AQSH dollari evaziga sotayogan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan to‘xtatib qolindi.

Yana bir holatda fuqaro N.D. xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 166,5 million so‘mlik jami 4500 dona dori vositalarini shartli xaridorga 10 000 AQSH dollari evaziga sotayotgan vaqtida xodimlar tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech