O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

COVID-19 bemorlari tibbiy xizmatlar sifati haqida shikoyat qilishlari mumkin

Toshkent hokimiyati sogboling.uz saytini ishga tushirdi. Sayt yordamida koronavirus bilan og‘rigan bemorlar tibbiy xizmatlar sifatini baholashlari, muammolar yuzaga kelgan taqdirda, shikoyat qilishlari mumkin. Toshkent hokimiyati COVID-19 ni davolashda yuzaga keladigan muammolarni tezda hal qilish va koronavirus bilan og‘rigan bemorlarga tibbiy xizmat sifatini baholash uchun sogboling.uz interaktiv xizmatini ishga tushirdi, deya xabar berdi shahar hokimligi matbuot xizmati.

Hokimiyat COVID-19 kasalligi bilan bog‘liq tibbiy yordam olgan yoki hozirda olayotgan fuqarolardan ushbu saytda xizmat ko‘rsatish sifati, dori-darmonlar bilan taʼminlash, ovqatlanish va boshqa jihatlar haqida sharhlar qoldirishlarini so‘ramoqda.

«Pandemiyaga qarshi kurashni optimallashtirish uchun COVID-19 bilan bog‘liq tibbiy yordam olgan har bir fuqaroning fikri muhimdir. Bu tibbiy muassasalar mutaxassislari va xodimlariga bemorlarni davolashni iloji boricha samarali amalga oshirishda yordam beradi», — deyiladi shahar maʼmuriyati xabarida.

Davolanishning nomaqbul shartlari to‘g‘risida xabar yuborish uchun sogboling.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish, toifani tanlash, muammoni izohlash va «signal yuborish» tugmasini bosish kerak bo‘ladi.

Sayt haqidagi maʼlumotlarda keltirilishicha, foydalanuvchilar tibbiy muassasalardagi noqonuniy xatti-harakatlar yoki boshqa muammolar haqida ham xabar berishlari mumkin.

«Foydalanuvchilar tomonidan yuborilgan har bir signal muammoni hal qilish uchun qaror qabul qilish maqsadida batafsil o‘rganiladi», — deyiladi sayt tavsifida.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech