O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

COVID-19 vahima kasalligi emas! Ijtimoiy tarmoqlarda nima gap?

Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi «Xalq bilan muloqot» guruhi foydalanuvchisi Mansur Abdusattorov tomonidan «Aytishlaricha, »Arbidol« 1 millionga chiqibdi qo‘lda (50-60 ming bo‘lgan ekan). O‘zi shu dorining foydasi bormi? Buncha ajiotaj?» degan post joylashtirildi. Bu mavzu ham yurtdoshlarimiz orasida juda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Mahmuda Qosimova:
- Narxlar oshishiga bir millionga oladigan odamni o‘zi aybdor. Nega sog‘ odam bor immunitetni ham bo‘shashtirib bu dorilarni ichyapti, bilmadim.

Jamshid Yo‘ldoshev:
- Bor, virusni ko‘paymasligi uchun bloklab turadi. Lekin xalq janjal qilmaslik uchun standartdan chiqarildi. Shu preparatsiz davolansa ham bo‘ladi. Asosiysi kasal o‘zini o‘zi tuzalaman deb ishonish kerak. Faqat depressiyaga tushganlar virus qurboniga aylanadi.

Muhabbat Nazar:
- O‘sha pulga baquvvat bozor qilib, immunitetni kuchaytirish kerak. Immuni kuchli insonlarga virus taʼsir qilmaydi. Ichaklar yaxshi ishlashi kerak, ko‘p suv ichilsin. Qalampir, chesnok, qatiq ko‘proq isteʼmol qilish kerak.

Adham Ismoilov:
- Biz shunaqamiz, o‘z fikriga ega bo‘lmagan, kimdir yetaklasa ergashadigan. O‘z foydasini ko‘zlaganlar, o‘tmay qolgan 3-4 xil dorilarini paytdan foydalanib, ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga qarshi deb reklama qilgandi hamma shunga yopishdi qo‘ydi. Natijada ajiotaj boshlanib sunʼiy ravishda narxlar oshirib olindi. Yaqinda sigaret chekadiganlarga virus taʼsir qilmas ekan deb chiqdi, maqsadi sigaretni qimmat narxda sotish bo‘ldi. Agar arbidol bilan Ergoferon shifo qilsa unaqada o‘sha zavodni Amerika yoki boshqa davlatlar ko‘chirib olib ketardi. Hozirgi ijtimoiy tarmoqlardagi Reklamalarning hammasiga ham ishonavermang. Chunki ular hech narsadan qo‘rqmay el boshiga tushgan kulfatdan unumli foydalanib qoluvchilardir. Hammani o‘z fikri bo‘lsin, har bir narsani tahlil qiling.

Zohid Nizmov:
- Reklama bo‘lyapti shekilli 1 millionga ko‘taradi deb. Ijtimoiy tarmoqni kuchidan foydalanib. Qiynalgan odamga oshirib sotish qaytib kelar balkim bunday holat o‘z boshingizga.

Mirvali Umarov:
- Zo‘r dori, gap yuk, o‘zim xam shu doridan ichib tuzaldim, har 8 soatda 2 ta kapsuladan ichiladi! (sutkada 3 mahal). Men olgan vaqtimda aptekada bemalol edi, 80000 so‘mdan! 1 oy oldin!

Shuhrat Tursunov:
- Bir tiyin, foydasi yo‘q arbidolni. Faqat sotish uchun reklama qilingan. Hozir men bitta o‘tmayotgan dorini reklama qilsam tamom shu dorini aptekadan topolmaysiz.

Rixsigul Amonova:
- Bu kunlar ham o‘tib ketar xudo xohlasa. Xalq boshiga kelgan shu kulfatdan foydalanib, shundan foyda ko‘raman deb birni mingga urib yotganlar ertaga uyalib qolmasmikin? Yana bilmadim. Ishqilib hammamizni iymonimizdan ayirmasin. Kim do‘st, kim dushman el boshiga ish tushganda bilinar ekan!

Iqboljon Abdujabborov:
- Poytaxtda bo‘layotgan vahima xuddi butun respublika bo‘ylab tuyuladi-ya?

Gulbahor Masharipova:

- Arbidolni Rossiyada kovidni oldini olish va davolashda man qilishdi. Umuman tasdiqlanmagan preparat. Uni puliga vitaminga boy mahsulotlar yeng. Immunitetni mustahkam qiling.

Saodat Vohidova:
- Azizlarim, birodarlarim sizlarga aytadigan so‘zim shu agar arbidol COVID-19ga qarshi bo‘lganida edi muhtaram prezidentimiz arbidolning zavodini har bitta viloyatga bittadan qurib berardi.

Jamol Nizomov:
- Bu yog‘i «yotib qolguncha otib qol» ekanda, shunday qiyin va sinovli vaqtida foyda qilaman deb o‘ta qimmat sotib, shu «olib sotar» topganida baraka qilarmikan. Yo‘q aslo, bunday ishlarni qilayotgan “odam”lar rihlat dunyosida yaratganga qanday javob berishar ekan, bundaylar xudodan qo‘rqmas noinsoflardir!

Ota bobolarimiz vahima yarim kasallik deyishgan. “Feyk” manbalarga ishonib, birovning yolg‘onlariga aldanib qolmaylik. Bordiyu Arbidolga o‘xshash ayrim preparatlar COVID-19ga davo bo‘lganda edi, butun dunyo hamjamiyati ushbu dori darmonlardan keng foydalanar edi. Xalq boshiga kelgan ushbu ofatdan qutilishning asosiy mezoni - bu qo‘rquvdan, vahimadan xalos bo‘lish ekanini teran anglashimiz lozim.

Manija BAHRIYEVA, 
jurnalist
 
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech