O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

COVID-19'ни даволашда қўлланиладиган дори воситаларининг ташқарига олиб чиқилишига қўйилган тақиқ бекор қилинди

Koronavirus bilan kasallanganlarni davolashda qo‘llaniladigan import qilinuvchi dori vositalari va biologik faol moddalar hamda tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritildi

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 449-son qarori qabul qilingan edi.

Hujjat bilan 2020 yilning 1 oktyabriga qadar, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan hamda sertifikatlashtirmasdan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatsiyalashtirish sharti bilan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar ro‘yxati tasdiqlangan.

Koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar dasturini amalga oshirishni davom ettirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 sentyabrdagi 582-son Qarori bilan ushbu ro‘yxatga o‘zgartirish kiritilib, belgilangan muddat 2021 yil 1 martga qadar uzaytirildi.

Qarorga ko‘ra, koronavirusga infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari hamda ularni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan dori moddalari (substansiyalar) import qilinganda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmasdan va majburiy sertifikatlashtirilmasdan bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish va realizatsiya qilishga ruxsat berildi hamda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatsiyalashtirish sharti bilan import qilinadigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar ro‘yxatida keltirilgan 73 nomdagi dori vositalaridan faqatgina 29 tasini ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan dori moddalari (substansiyalar)ni import qilishda QQS bo‘yicha imtiyoz berilgan. (Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 dekabrdagi 1008-son qarori).

O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazmasdan hamda sertifikatlashtirmasdan import qilinadigan va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ro‘yxatiga “Ekspress-testi na antitela i antigen k COVID-19” kiritildi.

Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazmasdan, majburiy sertifikatsiyalashtirish sharti bilan import qilinadigan va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan, COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari va biologik faol moddalar ro‘yxatiga:

➖ Gripp vaksinasi (O‘RVI),
➖ Koronavirus vaksinasi (COVID-19),
➖ Pnevmokokk vaksinasi,
➖ Bariya sulfat (Barii sulfas),
➖ Pankuroniya bromid / Pipekuroniya bromid / Atrakuriya besilat,
➖ Sefepim + tazobaktam,
➖ Nitroglitserin qo‘shildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech