O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

COVID-19‘ning yengil va alomatsiz shakllari va gumon qilinganlarni uyda davolash uchun 161 mingdan ziyod dori vositalari jamlanmasi — “COVID-box” bepul yetkazib berildi

Joriy yilning 25 avgust kuni, Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov tibbiyot tizimi xodimlari bilan koronavirus pandemiyasi davridagi vaziyat, infeksiyani oldini olish borasida birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

Unda hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari rahbarlari, viloyat, tuman va shahar sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari masʼullari, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari rahbarlari, ko‘p tarmokli markaziy poliklinika mudirlari, oilaviy poliklinika va qishlok vrachlik punktlari mudirlari qatnashdi.

Viloyatlarda bugungi kunda koronavirus infeksiyasi va pnevmoniya bilan davolanayotgan umumiy bemorlar soni, kasallik kechishi dinamikasi, mobil poliklinikalar va brigadalar soni, avtotransport, aloqa vositalari bilan taʼminlanganligi, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat holati, mavsumiy kasalliklarni oldini olish borasida olib borilayotgan vaksinatsiya ishlari holati kabi qator masalalar tahlil qilindi.

Shu kunga qadar koronavirusga chalingan bemorlarga ambulator yordam ko‘rsatishni tashkillashtirish bo‘yicha vazirlikning 20 dan ziyod buyruqlari, ko‘rsatma xatlari va ambulator sharoitda davolash bo‘yicha protokol qabul qilindi.

Tibbiy oliy o‘quv yurtlari tomonidan tibbiyot xodimlari uchun onlayn tarzda 18 soatlik malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Mobil brigada va “SOVID-19” poliklinika” xodimlari oylik maoshiga kunlik 6 foizlik ustamalar belgilandi. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari kechayu Kun.uz faoliyat yuritish tizimiga o‘tkazilib, poliklinikalarda sall-markazlar tashkil qilindi, qo‘shimcha ravishda mobil va statsionar telefonlar bilan taʼminlanib, 7,3 millionga yaqin xonadon “onlayn patronaj” bilan qamrab olindi.

Shuningdek, poliklinikalarda mobil brigadalar tashkil qilinib, kasallikning yengil va alomatsiz shakllari va gumon qilinganlarni uyda davolash uchun 161 mingdan ziyod dori vositalari jamlanmasi — “SOVID-box” bepul yetkazib berildi.

Videoselektorda ayni paytda sohadagi mavjud muammolar ham tahlil qilindi. Jumladan, Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov ayrim viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmalarining boshliqlarini kunlik ishlar bilan ovora bo‘lib, eskicha ishlash tizimidan qutulmayotganini aytib, yuqoridan topshiriq tushishini kutib, “menda kasal kam”, “menda kasallanganlar holati stabil”, deb bamaylixotir bo‘lmaslikka chaqirdi.

Hududlardan taqdim etilayotgan hisobotlardagi nomutanosibliklar, aholi murojaatlarini, xususan, baʼzi holatlarda “onlayn patronaj” xizmatlariga kelib tushgan chaqiruvlarni ko‘paytirib qayd etish hollari uchrab turgani yuzasidan mutasaddilarga ogohlantirishlar berildi. Shifoxonalarda bemorning ambulator kartasi kabi kerakli hujjatlarni yuritish oqsayotgani holda keraksiz hujjatbozliklar ko‘payib ketgani, bir maʼlumot bir necha hujjatda qayd etilayotgani keskin tanqid qilindi.

Shuningdek, ambulator-poliklinika xizmatlarini samarali tashkil etish haqida so‘zlar ekan:

— Ambulator-poliklinika xizmati bo‘yicha bosh mutaxassis, ko‘p tarmoqli poliklinikalar mudirlari, bosh hashira hamda tibbiyot institutlari professor-o‘qituvchilaridan iborat ishchi guruhlar tuzib, sharoiti eng og‘ir qishloq vrachlik punktlarini borib ko‘rish, faoliyatini o‘rganish, muammolar yechimini o‘sha joyning o‘zida mahalliy xokimliklar ko‘magida hal qilishimiz lozim, shundagina faoliyatimiz samarasi xalqimiz bahosida namoyon bo‘ladi, — deya taʼkidladi vazir Alisher Shadmanov.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech