O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Davlat markazi mutaxassisi Nargiza Musayeva farmatsevtika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini oldi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasining yetakchi mutaxassisi Nargiza Musayevani farmatsevtika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgani bilan tabriklaymiz.

N.Musayevaga mazkur ilmiy daraja Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi raisi Ismatjon Azizov ilmiy rahbarligida farmatsevtik kimyo va famakognoziya ixtisosligi bo‘yicha himoya qilingan “O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘sadigan o‘simliklaridan olinadigan moylar asosidagi dori vositalarini standartlash va sifat nazorati” mavzusidagi dissertatsiya uchun berilganini maʼlum qilamiz.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech