O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Davlat markazida 9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati tadbir o‘tkazildi

Qudratli xalqimizning jasorat, mardlik, fidoiylik, vatanparvarlik kabi ezgu fazilatlarini tarannum etuvchi, inson shaʼni, qadr-qimmati nechog‘li ulug‘vor ekanligini chuqur his etish imkonini beruvchi Xotira va qadrlash kuni yurtimiz bo‘ylab keng miqyosda nishonlanmoqda.

Joriy yilning 7 may sanasida ana shunday tadbirlardan biri Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi majlislar zalida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston farmatsevtikasi rivojida fidokorona, sidqidildan xizmat qilgan marhum ustozlar, hamkasblar va soha vakillari yodga olindi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech