O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Davlat markazida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Xalqimizning qadimiy bayramlaridan biri bo‘lgan Navro‘z ayyomida azaldan xalq sayillari uyushtirilgan, yangi ungan ko‘katlardan tansiq taomlar pishirlgan. Tabiat qonunlarini hisobga olgan holda joriy etilgan mazkur ayyomni bayram qilish anaʼanasi hanuz davom etib kelmoqda.

Kuni kecha Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi” davlat unitar korxonasida kunduzning uzaya borishi, tabiatning jonlana boshlashi pallasiga to‘g‘ri keluvchi Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bayram tadbirida Agentlikning Maʼnaviy – maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish davlat tili to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha direktor maslahatchisi Muhabbat Ibragimova boshchiligidagi xodimlar bilan bir qatorda ko‘plab mehmonlar, xususan Respublika maʼnaviyat va maʼrifat targ‘ibotchisi, qo‘shiqchi-shoir Nasriddin Botirov, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri aktrisasi Muqaddas Mamadaliyeva, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Olmazor tumani bo‘limi vakili Muazzam Alibayeva hamda tuman madaniyat bo‘limi xonandalari ishtirok etishdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning yangi tizimini yaratish bo‘yicha 2022 yil uchun tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”ga asosan tashkillashtirilgan mazkur bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech