O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Davlat xizmatchilari uchun @murojaatargosbot tizimi ishga tushdi

Davlat xizmatchisimisiz, sizni qandaydir muammolar qiynayaptimi, sohani rivojlantirish bo‘yicha taklifingiz bormi? Unda, ushbu imkoniyat siz uchun!

Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi davlat xizmatchilari uchun ommabop tarmoqlardan biri bo‘lgan telegram mesenjerida @murojaatargosbot — murojaatlar botini ishga tushirdi. Bu haqda Agentlikning Axborot xizmati maʼlum qildi.

Bot davlat xizmatchilarining huquqlarini himoya qilish, ular uchun mehnat munosabatlarida teng imkoniyatlar yaratilishini taʼminlash maqsadida Agentlikning rasmiy murojaatlar tizimiga ulandi.

Ariza, taklif, shikoyatingiz bo‘lsa, start tugmasini bosing va murojaatingizni qoldiring. Agentlik ushbu mexanizm orqali davlat xizmatchilarining muammolarni o‘rganadi, tahlil qiladi va mavjud kamchiliklarni yechish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech