O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“Deef Pharmaceuticals” kompaniyasi O‘zbekistonning farmatsevtika bozorini istiqbolli hamkorlik maydoni sifatida ko‘rmoqda

Shu yilning 4 may kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Saudiya Arabistoni Qirolligining “Deef Pharmaceuticals” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Agentlik direktori Sardor Kariyev hamda Xalqaro aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish boshqarmasi yetakchi mutaxassislari saudiyalik mehmonlarni kutib olar ekan, ularning O‘zbekiston farmatsevtika bozoriga eʼtibori uchun minnatdorchilik bildirlar va bu sohada hamkorlik rishtalarini o‘rnatish maqsadida muzokaralar o‘tkazishga tayyor ekanliklarini bildirlar.

Shu o‘rinda, Agentlik mutaxassislari  Asqar Ochilov, Ibrohim Xonxo‘jayev va Jamshid Eshmuradov “Deef Pharmaceuticals” kompaniyasi vakillari uchun O‘zbekistoninng farmatsevtika sanoati salohiyati, xorijiy kompaniyalar, investorlar va hamkorlar uchun yurtimizda yaratilgan imkoniyatlar, shuningdek dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi bo‘yicha alohida taqdimot o‘tkazdilar.

Saudiya Arabistoni kompaniyasi vakillari faoliyatni aynan qanday yo‘nalishlarda olib borish istagida ekanliklarini aytib o‘tdilar. Xususan, kompaniya o‘z mahsulotlarini butun Osiyoga eksport qilish maqsadida O‘zbekistonda markazlashgan ombor barpo etish, tovar aylanishi bilan to‘liq tanishib chiqilgandan so‘ng mahsulotlarini “in-bulk” shaklida O‘zbekiston hududida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilayotganlarini maʼlum qildilar.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev uchrashuv natijalari borasida mulohaza qilar ekan, “Deef Pharmaceuticals” Saudiya Arabistonining farmatsevtika sanoati maydonida alohida o‘ringa ega ekanligi va o‘z faoliyatida mahsulotlarining sifati va xavfsizligiga katta eʼtibor qaratishi hamkorlik uchun juda muhim ko‘rsatkichlar ekanligini taʼkidlab o‘tdi. “Shunday ekan, biz kompaniya vakillari bilan o‘zaro manfaat keltiruvchi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish tomon qadam tashladik”, - dedi Sardor Kariyev.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech