O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“DENTAFILL PLYUS” MCHJ, “MERRYMED FARM” MCHJ, “ORGANIC FARMA” XK va “GLOBAL GRAND FARM” XK qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yganligi aniqlandi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi, farmatsevtika faoliyati (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiyasi bundan mustasno) bilan shug‘ullanuvchi litsenziatlar faoliyati ustidan nazorat funksiyasini amalga oshirish doirasida 2020 yil IV chorak davomida o‘tkazilgan tekshiruvlar to‘g‘risida axborot berdi.

1.Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga jismoniy shaxslardan kelib tushgan qonunbuzilish holatlari haqidagi rasmiy maʼlumotlar asosida, Agentlikning 2020 yil 2 oktyabrdagi 64-sonli bo‘yrug‘iga muvofiq, Toshkent shahrida joylashgan “DENTAFILL PLYUS” MCHJda belgilangan tartibda tekshiruv o‘tkazildi.

Tekshiruv natijalari bo‘yicha aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan “DENTAFILL PLYUS” MCHJga 2020 yil 9 oktyabrdagi 25-20/3185-son ko‘rsatma berildi.

Ko‘rsatmada qayd etilgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan tadbirlar haqidagi maʼlumotlar “DENTAFILL PLYUS” MCHJ tomonidan belgilangan muddatlarda Agentlikka taqdim etildi.

2. “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi” DUKning, markazga jismoniy shaxs tomondan sifat nazorati o‘tkazish uchun taqdim etilgan, “MERRYMED FARM” MCHJ korxonasida ishlab chiqarilgan dori vositasining normativ hujjat talablariga javob bermasligi to‘g‘risidagi 2020 yil 11 noyabrdagi 29/09-3896-sonli xati asosida, Agentlikning 2020 yil 12 noyabrdagi 86-son buyrug‘iga muvofiq, “MERRYMED FARM” MCHJ korxonasida belgilangan tartibda tekshiruv o‘tkazildi.

Tekshiruv natijalari bo‘yicha aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan korxonaga 2020 yil 19 noyabrdagi 25-20/3726-son ko‘rsatma berildi.

3. “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKning 2020 yil 19 noyabrdagi 29/09-4049-sonli xati hamda unga ilova qilingan “Les Laboratoires Servier” shirkati O‘zbekistondagi vakolatxonasining “ORGANIC FARMA” xususiy korxonasi tomonidan muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan dori vositalarini realizatsiya qilayotganlik to‘g‘risidagi maʼlumotlari asosida, Agentlikning 2020 yil 30 noyabrdagi 93-son buyrug‘iga muvofiq, “ORGANIC FARMA” xususiy korxonasida belgilangan tartibda tekshiruv o‘tkazildi.

Tekshiruv natijalari bo‘yicha aniqlangan  qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan korxonaga 2020 yil 10 dekabrdagi 25-20/4020-son ko‘rsatma berildi. Shu bilan birga, tekshiruv hujjatlari vakolat doirasida ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi.

4. Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga yuridik shaxsdan kelib tushgan, Namangan viloyatida joylashgan “GLOBAL GRAND FARM” XK  tomonidan Davlat reyestriga kiritilmagan, Sertifikatlashtirish organi tomonidan muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmagan tibbiy buyumlarni realizatsiya qilganlik to‘g‘risidagi  maʼlumotlar  asosida, Agentlikning  2020 yil 30 noyabrdagi 94-son buyrug‘iga muvofiq, “GLOBAL GRAND FARM” xususiy korxonasida  belgilangan tartibda tekshiruv o‘tkazildi. Tekshiruv natijalari bo‘yicha aniqlangan  qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan korxonaga 2020 yil 10 dekabrdagi 25-20/4019-son ko‘rsatma berildi.

Shu bilan birga, tekshiruv hujjatlari vakolat doirasida ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi.

Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech