O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“Detralex Pharm” MCHJga berilgan litsenziya bekor qilindi

Namangan viloyat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi tomonidan Namangan viloyati, Namangan shahar, Boburshoh ko‘chasi, 136-uyda joylashgan “DETRALEX PHARM” MCHJ dorixonasida dori vositalari va tibbiy buyumlarning farmatsevtik maʼlumotga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan realizatsiya qilinishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tekshiruvida litsenziya talab va shartlarini qo‘pol ravishda buzilganligi aniqlandi.

Aniqlangan holatlari bo‘yicha, “DETRALEX PHARM” MCHJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2022 yil 26 martda berilgan 0829-sonli litsenziyani bekor qilinishini so‘rab, Namangan tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritilgan daʼvo ariza sudning 2022 yil 15 noyabrdagi 4-1601-2202/5708-sonli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi va “DETRALEX PHARM” MCHJga Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyati uchun berilgan 0829-sonli litsenziya bekor qilindi.

Shu o‘rinda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish bo‘yicha vakolatli organ sifatida farmatsevtik litsenziatlarni farmatsevtika faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talab va shartlarini buzilishiga yo‘l qo‘ymasliklari to‘g‘risida yana bir bor ogohlantiradi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech