O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Diqqat eʼlon❗️

Tashkent Pharma Park tarkibida tashkil qilinadigan Farmatsevtik texnika universitetida zamon talablariga mos ravishda oliy taʼlim va ilmiy sohada faoliyat olib borishni istaysizmi?

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Buyuk Britaniya, AQSH, Koreya Respublikasi va boshqa rivojlangan davlatlarning nufuzli universitetlarida taʼlim olish imkoniyatini bermoqda.

Oliy o‘quv yurtlarining magistratura va doktorantura yo‘nalishlarida tahsil olish istagida bo‘lgan hamda o‘z faoliyatini Tashkent Pharma Parkda davom ettirishni maqsad qilgan nomzodlar uchun tanlov eʼlon qiladi.

O‘qish quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha olib boriladi:

➖ Farmatsiya;
➖ Biofarmatsevtika fanlari va biotexnologiyalar;
➖ Klinik farmatsiya;
➖ Dori vositalarini tadqiq qilish va ishlab chiqish;
➖ Farmatsevtika texnologiyalarining sifatini taʼminlash;
➖ Biokimyo;
➖ Tibbiy kimyo;
➖ Biotibbiyot fani;
➖ Kosmetologiya.

Tanlovdan o‘tgan va chet el universitetlarini bitirgan nomzodlar o‘z faoliyatlarini Tashkent Pharma Park ning ilmiy-pedagogik xodimlari sifatida davom ettiradilar. Yetuk mutaxassislar, professor, o‘qituvchilar tajribasi, zamonaviy loboratoriyalardan foydalanish imkoniyati endi sizda bor.

Tashkent Pharma Park tizimida ishlash va zamon talabiga mos kadrlar bo‘lish uchun dadil qadam tashlash vaqti keldi. Innovatsion rivojlanishga hissa qo‘shish sizning tashabbusingiz, O‘zbekiston farmatsevtikasini rivojlantirish yo‘lida samarali mehnat etish imkonini esa biz taqdim etamiz.

Magistratura yo‘nalishida tahsil olish uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

➖ farmatsevtika, biologiya, kimyo yoki tibbiyot fanlari bo‘yicha bakalavr darajasi;
➖ Ingliz tili bo‘yicha bilim darajasi - IELTS 6.5;
➖ Tashkent Pharma Park tizimida ishlashga bo‘lgan rag‘bat, shuningdek, farmatsevtika va tegishli fanlar bo‘yicha malaka oshirishga tayyorlik.

Doktorantura yo‘nalishida tahsil olish uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

➖ farmatsevtika, biologiya, kimyo yoki tibbiyot fanlari bo‘yicha magistr darajasi;
➖ Ingliz tili bo‘yicha bilim darajasi - IELTS 6.5;
➖ Tashkent Pharma Park tizimida ishlashga bo‘lgan rag‘bat, shuningdek, farmatsevtika va tegishli fanlar bo‘yicha malaka oshirishga tayyorlik;
➖ farmatsevtika va tegishli fanlar sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish tajribasi.

Nomzodlar quyidagi hujjatlar to‘plamini yuborishlari shart:

➖ Ingliz tilida to‘ldirilgan ariza;
➖ Professional kasbiy rivojlanishdagi rag‘bat va maqsadlar to‘g‘risida qisqacha esse (bayon), 2 varaqdan ortiq emas, Times New Roman, 12;
➖ Pasport, diplom va tegishli guvohnoma, mehnat daftarchasi nusxalari va mavjud bo‘lsa, nashr etilgan maqolalar ro‘yxati - veb-manzil havolalari keltirilsin.

Arizangizni Form.uzpharmagency.uz manzilida to‘ldirib qoldirishingiz mumkin. Arizalar 2020 yil 15 iyul soat 18:00 gacha qabul qilinadi.

☎️ Murojaat uchun: (71) 234-19-27

Tashkent Pharma Park ning ilk zamonaviy, ilmli mutaxassislari bo‘la olishingizni xis etish vaqti keldi. Harakat sizdan, imkoniyat esa bizdan!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech