O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

GMP talablarini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlar Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan qoplanadi

Dori vositalarini ishlab chiqaruvchi mahalliy tadbirkorlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2022 yil 12 aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda, dori vositalarini mahalliy ishlab chikaruvchilari 2022 yil 31 dekabrga qadar o‘z korxonalarida birinchi marotaba “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti – GMR” davlat standarti talablari joriy qilib, “Zarur amaliyotlar markazi” DUK tomonidan GMP sertifikatini qo‘lga kiritgan taqdirda, mazkur standart talablarini joriy qilish bilan bog‘liq xarajatlar “Farmatsevtika tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan qoplab berilishi belgilandi.

Endilikda dori vositalarini mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar 2022 yil 31 dekabrga qadar o‘z korxonalarda birinchi marotaba “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti – GMR” davlat standarti talablarini joriy qilsa, mazkur talablarni joriy qilishda ketgan xarajatlar Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan qoplab beriladi.

Bunda mahalliy ishlab chiqarish korxonalari “GMP” talablarni joriy qilishda ketgan xarajatlar haqidagi rasmiy shartnoma hamda barcha amalga oshirilgan to‘lovlarni isbotlovchi rasmiy hujjatlar bilan Agentlikka murojaat qilishlari so‘raladi.

Maʼlumot uchun bu sarf-xarajatlarga:

☑️ “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti – GMR” talablarini joriy qilish uchun konsultantlar yordami;
☑️ Sifat menejmenti tizimlari hujjatlarini ishlab chiqish va joriy qilish;
☑️ Xodimlarni “Zarur ishlab chikarish amaliyoti – GMR” bo‘yicha malakalarini oshirish;
☑️ Validatsiya va kvalifikatsiya;
☑️ Haroratni xaritalash;
☑️ “Zarur amaliyotlar markazi” DUK tomonidan o‘tkazilgan baholash inspeksiyasi;
☑️ Farmatsevtik inspeksiya va qayta farmatsevtik inspeksiya uchun to‘lanadigan sarf-xarajatlar kiradi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech