Diqqat, tanlov! “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim”
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida Respublika tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlovning asosiy maqsadi o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzini oshirish, davlat tilini milliy qadriyat sifatida targ‘ib qilish, unga nisbatan milliy g‘urur hissini tarbiyalash, tilimizning xalqaro mavqeini mustahkamlash, davlat tiliga oid muammolarni hal etishga ijodiy yondashuvni rivojlantirishdan iborat.
Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:
Tanlov g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Eng namunali, g‘oyaviy-badiiy pishiq ijodiy ishlar ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ib etiladi.
Ijodiy ishlar shu yilning 20 sentyabriga qadar “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” sarlavhasi остида info@til.gov.uz электрон pochtasi yoki @Til_tanlovBot telegram manzili orqali onlayn qabul qilinadi.
Tanlov yuzasidan qo‘shimcha maʼlumotlarni www.til.gov.uz, www.manaviyat.uz saytlari hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining tanlov bo‘yicha masʼul xodimlari Muhtarama Ulug‘ova (99 847-69-41), Dilmurod Do‘stbekov (97 752-33-99) bilan telefon orqali bog‘lanib olishingiz mumkin.
O‘zA
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati