O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar diqqatiga!

Farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 10 yanvardagi “Farmasevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va investisiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-14-son qaroriga muvofiq

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan "Asakabank" AJ orqali xorijiy ilg‘or texnologiyalarni jalb qilishga yo‘naltirilgan, innovasion dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan loyihalarni moliyalashtirish uchun 100 million AQSH dollari miqdorida 10 yil muddatgacha, shundan 4 yilgacha imtiyozli davr bilan yillik 5 foiz stavkada kredit liniyasi "Asaka bank" AJ ga ajratilgan.

Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarda innovasion va ilg‘or texnologiyalar asosida import o‘rnini bosuvchi farmasevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz va qo‘shimcha loyihangiz bor-u ammo mablag‘ingiz yo‘q. Unda keyingi loyihaning moliyalashtirilishi aynan Sizniki bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun telefon: (71) 203-81-81 (180, 181)

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech