O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Distribyutorlar faoliyatining GDP talablariga muvofiqligini tekshirish mavzusiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

Shu yilning 14 aprel kuni Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazida “GDP talablariga muvofiqligi yuzasidan distribyutorlarni tekshirish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Uch kun davomida tashkil etiladigan mazkur tadbir GDP bo‘yicha ekspert, jarayonli boshqarish va menejment tizimini standartlashtirish bo‘yicha maslahatchi Aleksey Xilyuk tomonidan o‘tkazilmoqda.

Unda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi boshqarmalari va Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi mutaxassislari ishtirok etdi.  

Aytish joiz, seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 — 2021 yillarda respublikaning farmatsevtika tarmog‘ini yana-da jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 10 apreldagi PF-5707-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining “Farmatsevtika sohasiga zarur amaliyotlar (GxP) talablarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 18 sentyabrdagi 788-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida o‘tkazilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech