O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dori qabul qilishdagi xatoliklar: Davolash kursini yakunlamaslik. Dori qabul qilishni kim xohlaydi deysiz, ayniqsa, masalan, antibiotiklarni...

Dori qabul qilishni kim xohlaydi deysiz, ayniqsa, masalan, antibiotiklarni. Ancha yaxshi bo‘lib qoldim, nima qilaman bu “zahar”ni ichib deb o‘ylashingiz mumkin.

Biroq, biror bir dorini qabul qilish kursi uning samaradorligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga asoslangan. Xususan, antibiotik kurslari kasallik keltirib chiqaradigan barcha patogen bakteriyalarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan. Ularni qabul qilishni muddatdan oldin to‘xtatsangiz, baʼzi bakteriyalar omon qolishi ehtimoli bor va bir-ikki kun ichida siz yana kasal bo‘lib qolishingiz mumkin. Biroq, eng yomoni keyin bo‘lishi mumkin.

Bakteriyalar odamlarga qaraganda ancha tez rivojlanadi, yaʼni juda tezlik bilan ko‘payadi. Tirik qolgan bakteriyalar maʼlum bir antibiotikga qarshi immunitetni rivojlantirishi mumkin, keyin siz boshqa dori ichishingiz kerak bo‘ladi, chunki avvalgi dori endi sizga taʼsir qilmaydi.

Antibiotiklarni ortiqcha isteʼmol qilmaslik yaxshiroqdir, chunki ularning tez-tez ishlatilishi patogen organizmlar uchun o‘ziga xos mashq vazifasini o‘tashi mumkin.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech