O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKda Qiyoslash laboratoriyasi o‘z ishini boshladi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKda Qiyoslash laboratoriyasi o‘z ishini boshladi.

Qiyoslash laboratoriyasi tibbyotda qo‘llaniladigan tibbiy o‘lchash vositalarini metrologik qiyoslash (tekshirish) xizmatlarini olib boradi:

• Ultratovush skanerlari (UZI);
• Elektrokardiograflar, bemor monitorlari, EKG- Xolterlar;
• Defibrillyatorlar;
• Elektroxirurgik generatorlar (EXVCH, koagulyatorlar);
• Arterial qon bosm o‘lchagichlari (tonometrlar);
• Fizioterapevtik uskunalar (“POTOK”; “AMPLIPULS”; “ELEKROSON”; “STIMUL”; “TONUS” va hk.);
• Fotoelektrik konsentratsion kolorimetrlar KFK-2;
KFK-2M va hk.;
• Biokimyoviy analizatorlar;
• Immunoferment analizatorlar;
• Gematologik analizatorlar;
• Siydik analizatorlar;
• Elektroensefalograflar (EEG);
• Exoensefalograflar (ExoEG);
• Miograflar (EMG);
• Reograflar (ReoEG);
• Termostatlar, Quritish shkaflari va Inkubatorlar.

Metrologik qiyoslash (tekshirish) xizmatlari sifatini yana-da oshirish maqsadida Qiyoslash laboratoriyasi tomonidan davolash-profilaktika muassasasiga sayyor xizmatlar ham yulga qo‘yilgan, laboratoriya mutaxassislari tomonidan tibbiy o‘lchash vositalarini to‘g‘ri va samarali ishlash bo‘yicha o‘z malakaviy maslahatlarini ham berib borishadi. Qiyoslash laboratoriyasida o‘z ishini ustasi yetuk mutaxassislari ish olib borishadi.

Sayyor xizmatlar (Toshkent shahri ichida) va konsultativ maslahatlar barchasi BEPUL!!!

Murojat va takliflar uchun: 712424893 ichki raqam 136

Qiyoslash laboratoriyasi mudiri
Abdullayev Nodir Mir-Azimovich

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech