O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalar diqqatiga!

Hurmatli korxonalar rahbarlari!

Tibbiyot muassasalari va aholini koronavirus infeksiyasining oldini olish, tashxislash va davolash uchun zarur dori-darmonlar, tibbiy buyumlar va tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlash maqsadimiz ekan, sizlardan davlat organlariga ishlab chiqarish hajmini oshirishga, zarur mahsulotlarning u yoki bu pozitsiyasini mahalliylashtirishga ko‘maklashish, imtiyozlar taqdim etish yoki korxonaning rivojlanishiga, ayniqsa, koronavirus infeksiyasini davolash uchun ishlatiladigan dorilar ishlab chiqarishni tashkil etishga to‘sqinlik qiladigan boshqa muammollarni bartaraf etish bo‘yicha o‘z takliflaringizni berishingizni so‘raymiz.

Takliflaringizni farmagentlik@minzdrav.uz elektron manziliga 2020 yil 24 iyul 13:00ga qadar jo‘nating.

Mahsulotlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 iyuldagi 449-sonli qarorida ko‘rsatilgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech