O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKning Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi Abduqayum Sattorov 64 yoshida vafot etdi

A.Sattorov 1957 yil 6 iyun kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1980 yil Toshkent Farmatsevtika institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini Toshkent Farmatsevtika institutida laborant sifatida boshlab, keyinchalik qator tizim muassasalarida turli lavozimlarda ishlagan.

Jumladan, "Dori-darmon” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli dorixonalarda provizor-texnolog, katta provizor hamda dorixona mudiri, Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi Farminspeksiyasi yetakchi mutaxassisi so‘ngra mazkur bo‘limning bosh mutaxassisi lavozimida samarali faoliyat yuritgan.

A.Sattarov so‘nggi yillarda “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUKning Ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, o‘z sohasining yetuk mutaxassisi, o‘ziga berilgan vazifalarni puxta bajarishi bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelgan Sattarov Abduqayum Vaxitovichning vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech