O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi 2022–2025 yillar davomida bosqichma-bosqich joriy qilinadi

"Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimini joriy etish to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasi (VMQ 149-son, 02.04.2022) (https://lex.uz/uz/docs/5936145) qarori qabul qilindi.

✅ Qarorgi muvofiq, majburiy raqamli markirovkalashni boshlash muddatlari hamda dori vositalari va tibbiy buyumlar turlari quyidagicha belgilandi:

☑️ birinchi guruh - ikkilamchi (tashqi) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari (orfan dori vositalari bundan mustasno) – 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab;

☑️ ikkinchi guruh - birlamchi (ichki) qadoqlarda ishlab chiqarilgan dori vositalari (agar ikkilamchi (tashqi) o‘ram mavjud bo‘lmasa) va dorivor angro — mahsulotlari (orfan dori vositalari bundan mustasno) – 2022 yil 1 noyabrdan boshlab;

☑️ uchinchi guruh - O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun mo‘ljallangan orfan dori vositalari hamda kam uchraydigan (orfan) kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun mo‘ljallangan tibbiy buyumlar ro‘yxatiga kirgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida amalga oshirilgan ro‘yxatga olish natijalarini tan olish tartibi doirasidagi dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiyot texnikasining Davlat reyestriga kiritilgan dori vositalari – 2023 yil 1 martdan boshlab;

☑️ to‘rtinchi guruh - belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan tibbiy buyumlar – 2025 yil 1 fevraldan boshlab. Bunda tibbiy buyumlar ro‘yxati Davlat soliq qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan mazkur mahsulotlarni raqamli markirovkalash yuzasidan o‘tkazilgan tajriba loyihasi natijalariga asosan tasdiqlanadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech