O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash yuzaga kelayotgan muammolar o‘rganildi

Vazirlar mahkamasining tegishli qarori bilan  dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash tizimi 2022–2025 yillar davomida bosqichma-bosqich joriy qilinishi haqida xabar bergan edik.

Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashki savdo vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, “CRPT – TURON” MCHJ vakillari va integratorlar (markirovkalash uskunalarini o‘rnatuvchilar)dan iborat ishchi guruh joriy yilning 9 – 17 iyun kunlari joylarga chiqqan holda dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash uchun sharoit yaratishda kelib chiqayotgan moliyaviy-iqtisodiy muammolarni o‘rgandi.

Mazkur o‘rganishlar davomida yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan "Remedy Group" MCHJ, “Remedy” MCHJ, "Navbahor Sanoat" MCHJ, "Dentafill Plyus" MCHJ, "Merrymed Farm" MCHJ, "Spring Pharmaceutic" MCHJ QK, “RADIKS” MCHJ, "Temur Med Farm" MCHJ, "Samarkand England Eco-Medical" MCHJ QK, “Mediofarm” MCHJ, "Nobel Pharmsanoat" MCHJ QK, "Uzgermed Pharm" MCHJ QKlar tomonidan majburiy raqamli markirovkalash tartibiga o‘tishda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishilib, yuzaga kelayotgan moliyaviy-iqtisodiy va texnik muammolarni bartaraf etish shuningdek, dori vositalari va tibbiy buyumlarni raqamli markirovkalashga aloqador boshqa masalalar yuzasidan bir qator uchrashuvlar amalga oshirildi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech