O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji va chakana realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi barcha tadbirkorlik subyektlari rahbarlari diqqatiga

Germaniyaning “MUCOS PHARMA GMBH ꝸ CO.KG” farmatsevtik kompaniyasi tomonidan Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi hududida “Vobenzim®” tovar belgisi ostida qayd etilgan dori vositasining qalbakilashtirilgan nusxasi realizatsiya qilinayotganligi to‘g‘risidagi maʼlumot taqdim etilgan.

Qalbakilashtirilgan nusxa nomi “Vabenzim-Ye 200” va “Vabenzim-Ye 800” tovar belgisi ostida bo‘lib, vizual ko‘rinishi “Vobenzim®” dori vositasiga juda o‘xshashligi va nomidagi ikki xarfi bilan farq qilishi maʼlum qilingan. Mazkur qalbakilashtirilgan dori vositalarini ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlari va dorixonalarda saqlash va sotish xolatlari aniqlangan taqdirda, korxonaga nisbatan belgilangan tartibda keskin taʼsir choralari qo‘llanilishini eʼtiboriga yetkazib, ushbu dori vositasi muomalasiga chek qo‘yish maqsadida SIZNI OGOHLIKka chaqiramiz.

ESLATMA! Qalbakilashtirilgan dori vositalarini saqlash va (yoki) realizatsiya qilish litsenziyaning amal qilishini tugatishga olib keladigan litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanadi hamda ushbu qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yganlik uchun qonun hujjatlarida jinoiy javobgarlik choralari belgilangan.

Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech