O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dori vositalarini ishlab chiqaruvchi va Dori vositalarini ulgurji realizatsiyasi bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar diqqatiga

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarda respublikaning farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”   2022-yil 21-yanvardagi PF-55-son Farmonining 4-bandida 2022-yil 1-apreldan farmatsevtika sohasida yangi ishlab chiqaruvchi korxonalar, ulgurji va chakana savdo tashkilotlari mos ravishda “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)”, “Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)” talablariga muvofiq ravishda tashkil etilishi belgilab qoʻyilgan. Bunda mavjud farmatsevtika tarmogʻi tashkilotlari 2024-yil 1-yanvarga qadar zarur amaliyotlar (GxP) talablariga muvofiqlik  sertifikatlarini olishlari lozim.

Shu asosga koʻra, mazkur talablar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan “Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida”gi yagona nizomga (keyingi oʻrinda Nizom deb ataladi) kiritilgan va bugungi kunda Nizomning 28-ilovasi 9-bandiga muvofiq, Zarur ishlab chiqarish amaliyoti, Zarur distribyutorlik amaliyoti, Zarur saqlash amaliyoti davlat standarti talablariga muvofiq boʻlish va rioya etish litsenziya talab va shartlaridan biri hisoblanadi.

Nizomning 40-bandida litsenziya talablari va shartlari litsenziat tomonidan buzilganligi aniqlanganda, litsenziat tomonidan litsenziyalovchi organning litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarori bajarilmaganda litsenziyalovchi organ tashabbusi bilan litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib qoʻyiladi. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan sabab va kamchiliklar litsenziyalovchi organlar yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etilmaganda, Nizomning 41-bandiga muvofiq litsenziyalovchi organ litsenziyani bekor qilish toʻgʻrisida sudga daʼvo arizasi kiritadi.

Yuqorida qayd etilgan asoslardan kelib chiqib, Dori vositalarini ishlab chiqaruvchi va dori vositalarini ulgurji realizatsiya qiluvchi barcha tashkilotlardan Zarur ishlab chiqarish amaliyoti, Zarur distribyutorlik amaliyoti, Zarur saqlash amaliyoti davlat standartlari talablariga majburiy rioya etishlari boʻyicha litsenziya talabini bajarishlari TAVSIYA ETILADI.

Mazkur talablarni qonunchilik hujjati bilan belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda litsenziatlarga nisbatan yuqorida qayd etilgan taʼsir choralari koʻrilishi haqida litsenziyalovchi organ sizlarni OGOHLANTIRADI.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech