O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dori vositalarini noqonuniy sotayotgan dorixona litsenziyasi bekor qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar Chilonzor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 8-uy, 1-xonadonda joylashgan "MIRZA PHARM" MCHJ dorixonasi filialida o‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra, respublika sertifikatlashtirish idoralari tomonidan muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmagan “Zardeks”, “Regapen” va “Tropikamid" kapsulalari noqonuniy sotilayotganligi aniqlangan.

Yuqoridagi holatlar bo‘yicha Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining "MIRZA PHARM" MCHJga 2021 yil 15 fevralda berilgan TN 894-raqamli litsenziyani bekor qilish haqida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi va MIRZA PHARM" MCHJga dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun berilgan litsenziya bekor qilindi.

Eslatib o‘tamiz, «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 20-moddasidaga muvofiq sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish va ulardan foydalanish taqiqlanadi!

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 818-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kuchli taʼsir kiluvchi moddalar ro‘yxati”ga kirgan dori vositalarining chakana realizatsiyasi (sotish) faqat giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni saqlash va sotish faoliyati uchun litsenziyaga ega bo‘lgan dorixonalar va ijtimoiy dorixonalar orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech