O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni omborxonada qabul qilish va berish qanday amalga oshirilishi kerak?

Omborxonada dori vositalarini va tibbiy buyumlarni qabul qilish omborxonaning qabul qilish bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Yuklash-tushirish ishlarini olib borishda dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yog‘in-sochinlardan, quyosh nurlarining bevosita taʼsirlaridan, yuqori yoki past haroratdan himoya qilish taʼminlanishi kerak.

➖ Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni qabul qilish va saqlash joylari bir-biridan ajratilgan bo‘lishi kerak.

➖ Sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalari, shuningdek muomaladagi dori vositalari va tibbiy buyumlar ularning inson sog‘lig‘iga zararli taʼsirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan taqdirda, belgilangan tartibda muomaladan chiqarilishi va dalolatnoma tuzilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yo‘q qilib tashlanishi kerak. Bunda ular identifikatsiya yoki belgilangan tartibda yo‘q qilingunga qadar boshqa dori vositalari va tibbiy buyumlardan alohida maxsus izolyatsiya qilingan joyda dalolatnoma asosida saqlanishi kerak.

➖ Omborxonaga qaytarilgan dori vositalari va tibbiy buyumlar ular bo‘yicha belgilangan tartibda qaror qabul qilingunga qadar identifikatsiya qilinib, alohida joyda saqlanishi kerak.

➖ Texnik jihatdan tartibga solishi sohasidagi normativ hujjatlar va boshqa hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lmagan holatlarda tahlillar natijalariga ko‘ra omborxonaga qaytarilgan dori vositalari va tibbiy buyumlar asosiy saqlash xonasiga o‘tkazilishi mumkin.

➖ Texnik jihatdan tartibga solishi sohasidagi normativ hujjatlar va boshqa hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lmagan holatlarda tahlillar natijalariga ko‘ra omborxonaga qaytarilgan dori vositalari va tibbiy buyumlar dalolatnoma asosida rasmiylashtiriladi va belgilangan tartibda yo‘q qilinadi.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-son qaroriga 1-ilova

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech