O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish uchun qanday sharoitlarni taʼminlash kerak?

Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilishni taʼminlash sharoitlari

Ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlar binosining kirish qismida tashkilotning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan manzili va ish tartibi haqidagi maʼlumotlarni o‘z ichiga oluvchi peshlavha bo‘lishi kerak.

➖ Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning omborxona binolari sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, yong‘in xavfsizligi qoidalari va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga javob berishi kerak.

➖ Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji realizatsiya qiluvchi tashkilotlarning omborxona binolari dori vositalarining va tibbiy buyumlarning fizik-kimyoviy, farmakologik va toksikologik xususiyatlarini inobatga olgan holda, dori vositalarining va tibbiy buyumlarning to‘g‘ri saqlanishini taʼminlaydigan sharoitlarga ega bo‘lishi kerak.

➖ Omborxona alohida qurilgan yoki noturar joyga aylantirilgan turar joy binolarining xonalarida joylashgan bo‘lishi mumkin. Bunda omborxona boshqa xonalardan izolyatsiya qilingan, alohida kirish yo‘lakchasi va maydoniga ega bo‘lishi kerak.

➖ Omborxona turar joy binolarining noturar joyga aylantirilgan xonalarida joylashgan hollarda, dori vositalarini va tibbiy buyumlarni yuklash va tushirish turar joy binosi derazalari tagida amalga oshirilmasligi kerak.

➖ Omborxonada elektr taʼminoti, issiqlik va suv taʼminoti, kanalizatsiya tizimi hamda havo almashtirish uskunasi bo‘lishi kerak.

➖ Omborxonaning dori vositalarini va tibbiy buyumlarni qabul qilish, saqlash, buyurtmalarni joylashtirish va berish xonalari bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi kerak.

Omborxonaning asosiy saqlash xonalarida quyidagilar bo‘ladi:

➖ dori vositalarini va tibbiy buyumlarni qabul qilish xonasi;

➖ dori vositalarini va tibbiy buyumlarni asosiy saqlash xonasi.

➖ Saqlashning alohida sharoitlarini talab qiladigan dori vositalarini saqlash uchun xonalar maydoni saqlanayotgan dori vositalari hajmiga muvofiq bo‘lishi kerak.

Omborxona quyidagi asbob-uskunalar va inventarlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak:

➖ dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash uchun stellajlar, tagliklar;

➖ termolabil dori vositalarini saqlash uchun sovutish kameralari yoki maishiy sovutgichlar;

➖ havo parametrlarini qayd qilish asboblari (termometrlar, gigrometrlar yoki psixrometrlar);

➖ alohida guruh dori vositalarini, hisob-kitob hujjatlarini va axborot beruvchi adabiyotlarni saqlash uchun qulflanadigan metall shkaflar yoki seyflar;

➖ yechinib kiyinish xonasida ustki va maxsus kiyimlarni va oyoq kiyimlarini saqlash uchun shkaf;

➖ sanitariya holatini taʼminlash uchun dezinfeksiya vositalari va xo‘jalik jihozlari.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-son qaroriga 1-ilova

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech