O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dori vositalarini yurtimizdan noqonuniy olib chiqib ketilishiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyati prokuraturasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2020 yil 8 iyul kuni soat 01:50 larda Toshkent viloyat bojxona boshqarmasiga qarashli “Navoiy” chegara bojxona postidan Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi A.J. (erkak) O‘zbekiston Respublikasidan Qozog‘iston Respublikasiga o‘tish uchun davlat raqami 578 FSB 13 bo‘lgan «GAZ 3302 288» rusumli avtotransport vositasini boshqarib kelib, post hududida bojxona nazoratiga oid tartib-tamoyillarga rioya qilmasdan, bojxona chegarasi rejimi talablariga ochiqdan-ochiq buysunmay, Qozog‘iston tomonga chiqayotganida, bojxona xodimlari tomonidan neytral hududda to‘xtatildi.

Avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganda mashinaning yukxonasida hech qanday yuk-kuzatuv hujjatlarsiz umumiy qiymati 95 478 040 so‘mlik jami 24 dona karton qo‘tilariga joylashtirilgan “Paratsetamol”, «Avifloks 500mg/100», «Ulkaril 400mg», «Amizon 0.25» va shunga o‘xshash 46 turdagi dori vositalarini Qozog‘iston Respublikasiga olib o‘tmoqchi bo‘lganligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

A.J.ga nisbatan 2020 yil 17 iyul O‘zbekiston Respublikasi JKning 182-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech