O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dori vositalarining narxlari asossiz oshirilgan taqdirda murojaat qilish tartib-qoidalari qanday?

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan aholining xabardorligini oshirish hamda referent narx belgilash tizimi doirasida qayd etilgan dori vositalarining narxlarni sunʼiy ravishda ko‘tarilishining oldini olish maqsadida tezkor maʼlumot @dorinarx_bot telegram boti yaratilganidan xabaringiz bor.

Isteʼmolchilar uchun botning qanday afzalliklari bor va ularda qanday maʼlumotlar beriladi? Dori vositalarining narxlari asossiz oshirilgan taqdirda murojaat qilish tartib-qoidalari qanday? Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi tomonidan Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazining majlislar zalida bo‘lib o‘tgan seminarda ana shular haqida fikrlar bildirildi.

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi direktori E.Xaitmetov tomonidan dorixonalarda dori narxlari sunʼiy oshishining oldini olish va dorixonalarda belgilangan ustama narxlaridan oshirib sotilmasligi nazorati bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berib o‘tildi.

Seminarda Agentlikning hududiy tuzilmasi, Sirdaryo viloyat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi, viloyat Dori-darmon MCHJ va viloyatdagi 100ga yaqin ijtimoiy va xususiy dorixonalarning masʼul xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida @dorinarx_bot telegram botining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Agentlikning Savdo, umumiy ovqatlanish va turizm sohasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i P.Magay mazkur telegram boti va maʼlumotlar bazasini yangilab borish bo‘yicha rejalashtirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berib o‘tdi. Seminar savol-javoblarga boy bo‘lib o‘tdi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech