O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Dori vositasini qabul qilishda uning miqdori qanday aniqlanadi?

Miqdorini hisoblaymiz!

Shifokor biror dori vositasini qabul qilishni tavsiya qilar ekan, bemorning yoshi, jinsi, kasallik darajasi va baʼzi hollarda tana vazniga eʼtibor beradi.

Kichkintoylar uchun

Bolalarga mo‘ljallangan dori vositalarida miqdorini hisoblash uchun qoshiqchalar yoki maxsus naychalar mavjud. Yo‘riqnomada bolaning yoshiga mos ko‘rsatkich berilgan bo‘lsa, preparat qoshiqchasida o‘lchash lozim. To‘g‘ri, baʼzi dori vositalarida o‘lchagichlar bo‘lmaydi. Ammo yo‘riqnomada ko‘rsatilgan miqdoriga qarab, oshxona qoshiqlaridan foydalanish mumkin. Bunda:

5 ml. – 1 choy qoshiq;
15 ml. – 1ta osh qoshiq;
200 ml. – 1 stakan.
 

Keragidan oshib ketsa-chi?

Bosh aylanishi, ko‘ngil behuzur bo‘lishi, bosh og‘riqlari, qayd qilish, holsizlik, harakatlanish sustligi kabi holatlar qabul qilayotgan dori preparatining nojo‘ya taʼsiri yoki miqdorining oshib ketishi asoratidir. Bunday vaziyatlarda kattalar uchun oshqozonni tozalash maqsadida qayd qilgandan so‘ng achchiq damlangan choy ichish tavsiya etiladi. Bordi-yu, ahvolingiz og‘irlashib borayotganini his etsangiz, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling. «Ortiqcha miqdorda dori ichib yubordim», deya sut yoki qatiq bilan “muolaja” boshlamang.

Farmatsevtika fanlari nomzodi,
dotsent Muattar Xo‘jayeva

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech